Dunyoning eng boy odami o‘z kriptovalyutasini yaratmoqchi

Dunyoning eng boy odami o‘z kriptovalyutasini yaratmoqchi

Tesla va SpaceX asoschisi, milliarder Ilon Mask o‘z kriptovalyutasi nomi borasida bir to‘xtamga keldi. Unga o‘z kriptovalyutasini yaratish haqida tvitterda taklif qilishgandi. Maskning fikricha, yangi kriptovalyuta Marscoin deb ataladi, bu haqda tadbirkor Dogecoin kriptovalyutasi savdosi haqidagi tvitlar zanjirida yozdi.

«Bu aniq Marscoin bo‘ladi!», deydi Mask suhbatdoshlaridan biriga javoban. Unga Eloncoin variantini ham taklif qilishdi, biroq Mask uni e’tiborsiz qoldirdi. Yangi «Jahon valyutasi» haqidagi fikrlar Dogecoin egalarini qo‘llab yuborish mavzusi ostidagi tvitlar zanjirida yangradi. 15 fevralda Mask «dojkoin» egalarini valyutalarini sotmoqchi bo‘lishsa, ularni qo‘llab-quvvatlashga va’da bergandi. Izohlarda esa unga o‘z valyutasini yaratishni va uni «jahon valyutasi»ga aylantirishni taklif qilishdi.

Olti kun muqaddam Mask «hodler-bolakay» bo‘lishi uchun kenja o‘g‘liga (o‘g‘lining ismi X Æ A-12) Dogecoin kriptovalyutasini sotib olib berganini ma’lum qilgandi. Hodler deb kriptovalyutaga sarmoya tikadigan va «sotib ol va saqla» degan investisiya strategiyasiga ega bo‘lishadi. Ular bozordagi holatdan qat’i nazar valyutani o‘zida saqlab qoladigan sarmoyadorlar.

Maskning kenjatoyiga «dojkoin» sotib olib bergani haqidagi tvitidan so‘ng Dogecoin’ning kursi, CoinMarketCap ma’lumotiga ko‘ra, 0,081 dollarga ko‘tarilib ketdi, keyinroq 0,072 dollarga tushdi (ayni damda 0,052 dollar).

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!