Dunyodagi eng semiz bola 108 kilo vazn tashladi: U hozir qanday ko‘rinishga ega?

A A A
Dunyodagi eng semiz bola 108 kilo vazn tashladi: U hozir qanday ko‘rinishga ega?

 

Arya Perman ismli bolakay vaznining 120 kilo ekani sabab 10 yoshidayoq tanilib ulgurgan. 11 yoshiga to‘lganida uning vazni 190 kiloni tashkil qilgan.

Arya dunyoga kelganida me’yoriy vazn 3700 gramm bilan dunyoga kelgan. Besh yoshgacha tengdoshlaridan farq qilmagan bola keyinroq vazn to‘play boshlagan, keyingi to‘rt yil ichida esa 120 kilo to‘plagan.

9 yoshida dunyodagi eng semiz bola deb topilgan Aryaning vazni oshishdan to‘xtamagan. Bola kasal bo‘lmagan, shunchaki haddan ortiq darajada ko‘p ovqatlangan. Bir o‘tirishda u ikki porsiya lapsha, yarim kilo tovuqni qaynatilgan tuxum bilan birga paqqos tushira olgan. Shokoladli muzqaymoqni desertga yegan bolakay, kuniga 6 mahal ovqatlangan.

Bolaning otasi Daily Mail nashriga bergan intervyusida o‘g‘lining turishga qiynalishi, tez charchashi va besh metr yurib harsillab qolishini ma’lum qilgan.

Bora-bora bolaning yuvinishi ham muammo bo‘lib qolgan. Issiq kunlarda tanasi sovishi uchun suv solingan chuqurga tushib o‘tirgan.

Shifokorlar Aryaga parhez qilishi, bola hamda ota-onasi uning qancha miqdorda taom iste’mol qilayotganini yozib borishi kerakligini aytgan. Bu ozishga yordam beradigan samarali usul ekaniga qaramay, bolada ijobiy o‘zgarish kuzatilmagan. Ona va bolaning iste’mol mahsulotlari miqdorini qayd qilingan kundaligi solishtirganidan keyin esa ma’lumotlar turli xil ekani aniqlangan. Onasi o‘g‘lini rejaga asosan ovqatlanganini bola esa buning aksini ta’kidlagan.

Onasi bunga javoban Aryani yaxshi ko‘rgani uchun uni ovqatdan cheklay olmasligini bildirgan. Ota-onasi bilan jiddiy suhbatlashgan shifokorlar ularning bu harakati farzandlarining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkinligini tushuntirgan.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!