Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi (foto)

Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi (foto)

Besh yil ichida birinchi marta Nyu-Yorkdagi Beshinchi avenyu dunyodagi eng qimmat ko‘cha nomini yo‘qotib, bu borada Gongkongdagi Kozuey-Beyni (Causeway Bay) o‘zidan oldinga o‘tkazib yubordi. Bu haqda RBK qimmatbaho ko‘chmas mulk bozorida konsalting bilan shug‘ullanuvchi Cushman & Wakefield kompaniyasi hisobotiga asoslanib xabar bermoqda.

Beshinchi avenyudagi o‘rtacha ijara stavkasi o‘tgan yil bilan taqqoslaganda yiliga bir kvadrat metr uchun 28,262 ming yevrodan 20,733 ming yevroga tushdi. 

Kozuey-Beyda o‘rtacha ijara stavkasining biroz pasayishiga qaramasdan, uning miqdori reyting avvalgi yetakchisidan yuqori darajada qoldi va yiliga bir kvadrat metr uchun 24,606 ming yevroga teng bo‘ldi.

Reytingda uchinchi o‘rinni Londondagi Nyu-Bond-strit yiliga bir kvadrat metr uchun 16,071 ming yevrolik ijara stavkasi bilan egalladi. U Yevropaning eng qimmat ko‘cha nomiga ega.

Shuningdek, dunyodagi eng qimmat ko‘chalar ilk o‘ntaligiga quyidagi ko‘chalar kirdi:

• Parijdagi Yelisey maydonlari (yiliga bir kvadrat metr uchun ijara stavkasi 13,992 ming yevro)
• Milandagi Via Montenapoleone (13,5 ming yevro) 
• Tokiodagi Gindza mavzesi (11.232 ming yevro) 
• Sidneydagi Pitt-Strit-Moll (8882 yevro),
• Seuldagi Myondon ko‘chasi (8364 yevro)
• Syurixdagi Banxofshtrasse (7872 yevro)
• Vendagi Kolmarkt (4740 yevro).

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!