Dunyodagi eng katta vulqon "Mauna-Loa" uyg‘ondi

Dunyodagi eng katta vulqon "Mauna-Loa" uyg‘ondi

Gavayi orolidagi "Mauna-Loa" - hajmi 75000 km³ bo‘lgan megavulqondir. Uning qalqoni ostida magma faol ravishda to‘planib, bosim kuchayib boradi.

Oxirgi marta vulqon 1984 yilda otilgan. O‘shanda u eng faol Kilauea vulqoni uch yilda hosil qilgan lavani uch hafta ichida chiqardi. Lava juda tez harakat qilardi va uch soatda qirg‘oqqa yetib keldi.

1950 yilda "Mauna-Loa" otilishi yaqin atrofdagi Xoakino Moka qishlog‘i va mahalliy avtomagistralni vayron qilgan edi.

Gavayi vulqon rasadxonasi "Mauna-Loa"ga sariq ogohlantirish belgilagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!