Dunyodagi eng boy odam o‘lmas startapga sarmoya kiritdi

Dunyodagi eng boy odam o‘lmas startapga sarmoya kiritdi

Dunyodagi eng boy odam, Amazon asoschisi Jeff Bezos, qarilik bilan kurashish uchun umrni uzaytiradigan texnologiyalarni yaratadigan Altos Labs startapining sarmoyadoriga aylandi. Bu haqda MIT Tech Reviyew nashri xabar berdi.

Kompaniya qarish jarayonini o‘rganmoqda va inson hujayralarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan texnologiyani ishlab chiqmoqda. Tadqiqot Nobel mukofotini olgan yapon olimi Yamanaka Shinyining ishlanmalariga asoslangan. Altos Labs mutaxassislari inson umrini 50 yilga uzaytiradigan usulni kashf qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq, 11 yoshli belgiyalik belgiyalik Loran Simons universitetni bir yilda tugatgani va o‘lmaslik haqida o‘ylagani ma’lum bo‘lgan. "Men iloji boricha ko‘proq a’zolarimni sun’iy organlar bilan almashtirmoqchiman", dedi Simons.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!