Dunyoda eng tez narxi oshayotgan tovarlar qaysilar?

Dunyoda eng tez narxi oshayotgan tovarlar qaysilar?

Mutaxassislar oxirgi oylarda keskin kimmatlagan tovarlarni ma’lum qilishdi. Vaholanki, koronavirus pandemiyasi boshida bu mahsulotlar narxi keskin tushib ketgandi.

Ayni vaqtda eng tez qimmatlayotgan tovarlar qahva, kakao, shakar va paxta bo‘lmoqda. Pandemiya boshida bu mahsulotlar lokdaunlar kiritilishi ortida ancha arzonlashib ketgan, biroq ularga yana talab oshgani ortida ancha qimmatlashishi mumkin.

Jumladan, mart oyida kakao 17 foizga, paxta 18 foizga, shakar 27 foizga arzonlashib ketgan. Qahva esa mart oxirida biroz qimmatlagan, ammo aprel-may oylarida narxi 15foizga tushib ketgan.

Oxirgi oy davomida kakao narxi AQShning ICE birjasida 17 foizga oshib, bir tonnasiga 2488 dollarni tashkil qilgan. Qahva narxi 14 foizga oshib, bir funti uchun 1,12 dollarni (1 kg uchun 2,47 dollar) tashkil qilgan. 

Shakar va paxta narxi esa 1 maydan mos ravishda 10 va 19 foizga ko‘tarilgan.

Pandemiya vaqtida ushbu tovarlarning eng yirik yetkazuvchilari (Braziliya, Vyetnam va Hindiston) eng ko‘p zarar ko‘rgan. 

Mutaxassislarning fikricha, narxlar oshishiga dollarning pastlagani ham sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!