Dunyoda birinchi 200 megapiksel kamerali smartfon ishlab chiqildi

Dunyoda birinchi 200 megapiksel kamerali smartfon ishlab chiqildi

"Lenova" kompaniyasiga tegishli "Moto" brendi 200 megapikselli asosiy kameraga ega dunyodagi birinchi smartfonni taqdim etdi. Bu haqda "Gadget Tendency" xabar berdi.

Dunyoda birinchi 200 megapiksel kamerali smartfon ishlab chiqildi

Smartfon yuqori megapikselga egaligiga qaramay, maqul narxi bilan ham ajralib turadi. Moto X30 Pro 2×2 yoki 4×4 formatdagi piksellarni birlashtirib, kam yorug‘likda suratga olishni yaxshilash uchun ChameleonCell 1/1.22 dyuymli va matrisali Samsug HP1 sensoriga ega bo‘lgan.

«Unga 50 megapikselli keng burchakli ob’ektiv va ikki karra optik zumli 12 megapikselli telefoto linzalari ‘yordam’ beradi. Old kameraning o‘lchami 60 megapikselni tashkil qiladi. Bundan tashqari, 8K da suratga olish imkoniyati ham mavjud», deyiladi xabarda.

Dunyoda birinchi 200 megapiksel kamerali smartfon ishlab chiqildi

Telefonda Qualcomm’ning Snapdragon 8+ Gen 1 flagman chipi va 125 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 4610 milliamper soat batareya mavjud. Egri OLED ekrani 6,67 dyuymli FHD+ kengligi, 144 Gs yangilanish tezligi va HDR10+ qo‘llab-quvvatlashiga ega.

Boshqa afzal funkiyalarga NFC, ekran ostidagi barmoq izlari skaneri va Dolby Atmos’ga ega stereodinamiklar kiradi. AQShda Moto X30 Proning 8+128 gigabaytlik asosiy versiyasi 520 dollar, 12+512 gigabaytlik top-end versiyasi esa 640 dollar turadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!