Dunyo bo‘yicha neft qazib olish ko‘rsatkichi pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori darajaga yetdi

Dunyo bo‘yicha neft qazib olish ko‘rsatkichi pandemiya boshlanganidan buyon eng yuqori darajaga yetdi

Iyul oyida dunyo bo‘yicha qazib olingan kunlik neft 1,4 million barrelga ko‘payib, jami 100,5 million barrelni tashkil etdi.

Bu pandemiya boshlangandan buyon eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, Shimoliy dengiz, Kanada va Qozog‘istondagi quvvatlar qayta tiklanishi hamda Saudiya Arabistonida “qora oltin” qazib olish miqdori oshirilishi hisobiga erishildi, deyiladi Xalqaro energetika agentligining (XEA) avgustda e’lon qilgan ma’ruzasida.

"Iyul oyida dunyo bo‘yicha taklif pandemiyagacha bo‘lgan eng yuqori darajaga yetdi. Dunyo bo‘yicha kunlik neft qazib olish ko‘rsatkichi 1,4 million barrelga ortib, bir kunda jami 100,5 million barrelni tashkil etmoqda. 2020 yil yanvar oyidan buyon eng yuqori hisoblangan ushbu ko‘rsatkichga Shimoliy dengiz, Kanada va Qozog‘istonda rejali ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, avvalgi quvvatlar qayta tiklanganidan keyin erishildi.

Bundan tashqari, OPEK+ kvotasining oshirilishi evaziga Saudiya Arabistoni ham “qora oltin” qazib olish miqdori oshirdi", – deyiladi ma’ruzada. Xabarda aytilishicha, Rossiyada neft qazib olish ko‘rsatkichi juda oz miqdorda o‘sgan.

Xalqaro energetika agentligining hisob-kitobicha, jahon bozoriga taklif etilayotgan neft miqdori 2022 yilning ikkinchi yarmida kuniga bir million barrel o‘sishni qayd etmoqda va kuniga jami 101,6 million barrelga yetdi.

Kutilishicha, OPEK+ mamlakatlari tomonidan neft yetkazib berish ko‘rsatkichi 400 ming barrelga oshadi, ya’ni Liviya, Qozog‘iston va Fors kurfazi mamlakatlari Rossiyadagi davom etayotgan pasayishni qoplaydi. Mazkur alyansga kirmaydigan mamlakatlar esa neft yetkazib berishni kuniga 640 ming barrelga yetkazadi, AQSh o‘sish bo‘yicha yetakchi mamlakatga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!