Dudlangan mahsulotlar organizmga qanday ta’sir qiladi?

Dudlangan mahsulotlar organizmga qanday ta’sir qiladi?

Dudlangan mahsulotlar tarkibida qanday zararli moddalar bor va ular inson salomatligiga qanday ta’sir qiladi?
Bu borada shifokor-parhezshunos Yelena Chadiya Sputnikradiosiga javob berdi.
Dudlangan mahsulotlarni har kuni iste’mol qilish mumkin emas. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bundan oziq-ovqatda ko‘p tuz va natriy moddasi bor.
Dudlanganlar tarkibidagi ko‘p tuz miqdori salomatlik uchun hech qanday foyda keltirmaydi. Ayniqsa, aniq bir kasalliklarda u juda xavfli.
Oshqozon ichak kasalliklarida dudlangan oziq-ovqat mahsulotlari oshqozonni bezovta qiladi, jigarga og‘ir yuk bo‘ladi. Semizlikda natriy moddasi mumkin emas. Chunki natriy organizmda suvni ushlab turadi. Suv esa yog‘ oksidlanish jarayonini sekinlashtiradi. Ortiqcha vaznning yo‘qolishi qiyinlashadi. Ustiga-ustak natriy yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, dudlangan kolbasa, go‘shtda kanserogen zararli moddasi ham bo‘ladi.
Bunday mahsulotlar tutunda dudlanadi. Jarayonni tezlatish uchun turli kimyoviy vositalar ham qo‘shilishi mumkin. Yog‘och olovidan chiqadigan tutunda kanserogen moddasi bor. U tayyor bo‘layotgan mahsulotga ham o‘tadi. Kanserogen shunisi bilan xavfliki, u saraton kasalligiga olib kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (2 )

    ..
    Хар куни еб юрибмиз экан билмай, яхши айтиб қолишди. Шифокорлар бор бўлишсин😀
    ****Tiger tiger****
    👍👍👍👍👍👍