Dubay uchinchi bor dunyoning eng toza shahri deb topildi

Dubay uchinchi bor dunyoning eng toza shahri deb topildi

Tadqiqot Yaponiyaning Mori Memorial Foundation jamg‘armasi tomonidan o‘tkazildi va uning natijalari Global Power City Index’da o‘z aksini topgan.

BAA vise-prezidenti, Bosh vaziri va Dubay hukmdori Shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum ijtimoiy tarmoqlarda bu xabarga izoh berdi: «Dubay dunyodagi eng xavfsiz, dunyodagi eng toza va eng chiroyli shahardir. Alloh taolo uni buzilmagan, barqaror va farovon saqlashimizni nasib qilsin. Tozalik bu – madaniyat. Poklik iymonning bir qismidir».

Global Power City Index dunyoning yirik shaharlarini odamlar va kompaniyalar uchun jozibadorligiga qarab baholaydi hamda tartiblaydi. Reyting jarayonida shahar iqtisodiyoti, tadqiqot va ishlanmalar, madaniy o‘zaro ta’sir, barqarorlik, shahar muhiti va transportdan foydalanish imkoniyatlari baholanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!