Donald Tramp tufayli Coca-Cola narxi oshadi

Donald Tramp tufayli Coca-Cola narxi oshadi

Coca-Cola kompaniyasining bosh direktori Jeyms Kvinsi AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan alyuminiy uchun boj to‘lovlari bois zavod ishlab chiqarayotgan ichimliklar narxini oshirish rejalashtirilganini ma’lum qildi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.

"Kun" nashrining xabar berishicha, «Po‘lat va alyuminiy bahosi oshmoqda. Mehnat bahosi ham oshmoqda», — dedi Kvinsi. U narxlar yil o‘rtasida oshishini aytdi, ammo aynan qachon va qanchaga oshishiga aniqlik kiritmadi. Shuningdek, bu xorijdagi bozorlarga ham tegishlimi yoki faqat AQShgami degan savolga ham oydinlik kiritmadi.

Eslatib o‘tamiz, 1 iyunda AQSh po‘lat importiga 25 va alyuminiy importiga 10 foizlik boj to‘lovlarini joriy etdi. Bunga javoban Yevrokomissiya AQShdan keltiriladigan qator mahsulotlarga boj to‘lovi kiritdi.

Ammo 25 iyulda Yevroittifoq Trampga yon bosishga majbur bo‘ldi. Xususan, tomonlar Yevropaga suyultirilgan gaz eksportini oshirish, buning evaziga Qo‘shma Shtatlardan Yevropaga keltiriladigan qishloq xo‘jalik mahsulotlariga tariflarni pasaytirishga kelishib olishdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!