Dodon Moldovaga Rossiya bo‘yicha maslahat berdi

Dodon Moldovaga Rossiya bo‘yicha maslahat berdi

Moldova Rossiyaga qarshi sanksiyalardan voz kechishi va Moskva bilan muzokara olib borishi kerak, dedi respublikaning sobiq prezidenti, Sosialistlar partiyasi yetakchisi Igor Dodon.

“Biz sanksiyalardan voz kechishimiz, zudlik bilan Rossiyaga borib, joriy qilingan taqiqni olib tashlashni izlashimiz va nihoyat ishlab chiqaruvchilarimizning manfaatlari haqida o‘ylashni boshlashimiz kerak”, — deb yozdi Dodon Telegram’da.

Uning eslatishicha, Rossiya hech qachon Moldova bilan hamkorlikdan bosh tortmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!