Direktorlarni lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi

Direktorlarni lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengashi" tavsiyasiga asosan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi

2023-yil 1-sentyabrdan boshlab:

➖Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

➖Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida eng tajribali umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlaridan iborat bo‘lgan “Direktorlar kengash”lari tashkil etiladi;

➖umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlarini lavozimiga tayinlash “Direktorlar kengash”i tavsiyasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!