Bugun Toshkentda «Markaziy Osiyo va Koreya Respublikasi: o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari strategik muloqoti» mavzusida ekspert forumi boshlandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov kirish so‘zi bilan O‘zbekiston-Koreya munosabatlari dinamikasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
SMTI vakili ta’kidlaganidek, Koreya Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlarining ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkoridir.
O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, o‘tgan yili diplomatik aloqalar o‘rnatilganligining 30 yilligi va koreys diasporasining 85 yilligini keng nishonladik, – deydi Eldor Aripov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qisqa davr ichida O‘zbekiston-Koreya strategik sherikligi barqaror va samarali tus oldi. Bunga yuqori darajadagi intensiv siyosiy muloqotlar ko‘p jihatdan yordam berdi.
Sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida Prezident Shavkat Miromonovich va Prezident Yun Seok-Yol o‘rtasida birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar chog‘ida ikki davlat rahbarlari davlatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik yo‘lida yangi iqtisodiy kun tartibini yaratish muhimligi haqida gapirdi.
E.Aripovning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun allaqachon yaxshi poydevor yaratilgan. Ayni paytda O‘zbekistonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda tashkil etilgan mingga yaqin qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda, Koreyaning mamlakatimizga kiritgan sarmoyasi hajmi 7 milliard dollardan oshdi.
O‘zaro savdo va sarmoya ko‘rsatkichlari o‘sib bormoqda. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 24 foizga oshdi.
Erkin savdo shartnomasini tuzish bo‘yicha muzokaralar faol bosqichda. Yaqinda Savdo va investisiyalarni osonlashtirish bo‘yicha asos dasturi imzolandi.
Shu nuqtai nazardan, u oliy darajadagi bo‘lajak muloqotlar O‘zbekiston-Koreya hamkorligining mavjud ijobiy dinamikasini oshirishiga ishonch bildirdi.
Shuningdek, E.Aripov Seul nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiyotini modernizasiya qilishga qo‘shgan va qo‘shayotgan ulkan hissasini alohida ta’kidladi.
«Koreya sarmoyalari tufayli avtomobilsozlik, kimyo, metallurgiya, neft-gaz, axborot-kommunikasiya va boshqa ko‘plab sohalar rivojlanishi jadal sur’at oldi», — deya izoh berdi ekspert.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi ko‘magida mintaqada turli ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirila boshlandi.
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilgandan beri Markaziy Osiyo davlatlari bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 600 barobar oshdi: 1992 yilda 15 million dollardan 2022 yilda 9 milliard dollardan oshdi va Koreyaning mintaqadagi jami to‘plangan sarmoyasi 15 milliard dollardan oshdi.
SMTI direktori ta’kidlaganidek, ayni paytda madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda, bunda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yashovchi va 300 mingdan ortiq kishini tashkil etuvchi yirik koreys diasporasi eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
O‘z navbatida, mintaqa yoshlari koreys madaniyatini katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda–til o‘rganishdan tortib musiqa tinglash va koreys filmlarini tomosha qilishgacha.
E.Aripov so‘zlariga ko‘ra, mazkur yu’nalisda Markaziy Osiyo mintaqasida mavjud bo‘lgan Koreya ruhini ozida jamlovchi - Koreya madaniyati va tili markazlari muhim o‘rin tutadi.
Ekspertning fikricha, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning bunday yuqori sur’atlariga erishishida muloqotni institusionalizasiya qilish muhim rol o‘ynadi.
– 2007 yildan buyon «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» hamkorlik forumi yig‘ilishlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda, bu esa qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonini muhokama qilish uchun samarali maydon sifatida o‘zini namoyon qildi, – deya xulosa qildi SMTI direktori.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".
Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.
Тегишли лицензия ва рухсатномаларсиз заргарлик буюмлари савдоси билан шуғулланаётган мазкур шахсга тегишли автотранспорт воситаси кўздан кечирилганида эса яна 359 дона заргарлик буюмлари борлиги аниқланди.
АҚШ илгари уранни бойитишни бутунлай тўхтатишни талаб қилган эди, чунки у ядро қуроли яратишда ишлатилишидан хавотирда эди. Теҳрон эса бу айбловларни бир неча бор рад этган.
27 май куни кечқурун у Аргентинага ташриф буюрди. Музокара давомида Милей ва Кеннеди, жумладан, "сиёсат ва коррупциядан холи бўлган" Жаҳон Соғлиқни Сақлаш Ташкилотига муқобил ташкилот яратиш масаласини муҳокама қилди.
Россия Германиянинг Украина учун ракеталар учиш масофаси бўйича чекловларни бекор қилгани ҳақидаги маълумотларни текширади. Лавровнинг айтишича, Германия тўғридан-тўғри урушга аралашмоқда.
USGS вакили Сара Минсоннинг сўзларига кўра, Сан-Францискода 2055 йилгача Big One деб аталаётган кучли зилзиланинг содир бўлиш эҳтимоллиги 72 фоизга етган.
АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.
АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.
Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.
Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.