Diniy ta’lim muassasalariga qabul muddati belgilandi

Diniy ta’lim muassasalariga qabul muddati belgilandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2022-2023 o‘quv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda ta’lim muassasasi qabul hay’ati tomonidan qabul qilinadi. Bu haqda diniy idoraning rasmiy sayti xabar berdi.

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarida:

2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Talab qilinadigan hujjatlar:

– ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;

– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

– ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);

– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi kerak);

– chet tili bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo‘yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.

Oliy diniy ta’lim muassasalarida:

Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasi bo‘yicha:

2022 yil 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Hadis ilmi maktabida:

2022 yil 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha).

Talab qilinadigan hujjatlar:

– ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;

– pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);

– o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;

– 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);

– “Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar uchun).

odnoklassniki sharing button

vk sharing button

twitter sharing button


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!