Dimash «Viktoriya-2021» musiqa mukofotiga nomzod bo‘ldi

Dimash «Viktoriya-2021» musiqa mukofotiga nomzod bo‘ldi

Rossiyaning «Viktoriya» milliy musiqa mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxati e’lon qilindi. Dimash Qudaybergen «Yil xonandasi» nominasiyasiga nomzod bo‘ldi, deb xabar beradi Kazinform muxbiri.

Dimashnews.com saytining xabar berishicha, mukofotni topshirish marosimi 2 dekabr kuni Davlat Kreml saroyida bo‘lib o‘tadi. Bu yil «Viktoriya» mukofotiga nomzodlar ko‘p. Ularning soni 700 dan ortiq. Qisqa ro‘yxatga 13 nominasiya bo‘yicha eng yaxshilar kiritilgan. «Yil xonandasi» nominasiyasiga Dimash bilan birga Dima Bilan, Leonid Agutin, Jony va Filipp Kirkorovlar nomzodlar qatorida. Dimash bu unvonga «Ya skuchayu po tebe» qo‘shig‘i bilan nomzod bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda Dimash «Klassik musiqada yilning eng yaxshi xonandasi» va «Yil yangiliklari» nominasiyalarida «Viktoriya» mukofotini qo‘lga kiritgan edi. «Viktoriya» mukofoti shoir, filantrop Mixail Guseriyev, bastakor, prodyuser Igor Krutoy, yozuvchi, media-menejer Yuriy Kostinder tomonidan tashkil etilgan.

Finalchilar «Yilning eng yaxshi qo‘shig‘i», «Eng yaxshi estrada xonandasi», «Eng yaxshi hip-xop ijrochisi», «Eng yaxshi rok guruhi yoki rok xonandasi», «Yil bastakori», «Yilning shoiri» kabi 13 nominasiya bo‘yicha bellashadilar. U zamonaviy musiqaning barcha sohalarini qamrab oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!