“Devoni lug‘otit turk” asosida “Umumturkiy lug‘at” yaratiladi

“Devoni lug‘otit turk” asosida “Umumturkiy lug‘at” yaratiladi

Joriy yilning 24-25 iyun kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit turk” asarining 950 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiyada YUNESKO, Turkiy Akademiya, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa qator xalqaro tashkilotlarning rahbarlari va vakillari ishtirok etmoqda.

Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev “Devoni lug‘otit turk”ning ilmiy doiralar va jamoatchilik tomonidan chuqur o‘rganish lozimligini ta’kidlab, uning zamonaviy turkiy tillarning rivojlanishidagi alohida ahamiyatini qayd etdi.

Shuningdek, “Devoni lug‘otit turk” asosida “Umumturkiy lug‘at”ni yaratishni taklif qildi.

Ma’lumot uchun: “Devoni lug‘otit turk” asari turkiy xalqlarning tili, tarixi, geografiyasi va madaniyatiga oid ilk yozma ensiklopediya hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!