Devid Bekxem «Manchester Yunayted» xo‘jayinlaridan biriga aylanishi mumkin

Devid Bekxem «Manchester Yunayted» xo‘jayinlaridan biriga aylanishi mumkin

«Manchester Yunayted» klubi sobiq futbolchisi Devid Bekxem mazkur jamoa xo‘jayinlaridan biriga aylanishi mumkin.

"Daily Mail" tarqatgan xabarga ko‘ra, Bekxem yolg‘iz o‘zi klubni sotib olishga qodir emas. Ammo u klub aksiyalaridan bir qismini xarid qilishi mumkin.

Avvalroq Gleyzerlar oilasi «Manchester Yunayted»ni sotishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu oila klubni 17 yil davomida boshqardi. Klub muxlislari esa ularni yomon ko‘rib qolishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!