Deputat hokimga mute emas

A A A
Deputat hokimga mute emas

Bugungi kunda umumxalq muhokamasida bo‘lib turgan Konstitusiyaviy qonun loyihasida mahalliy davlat hokimiyati tizimini inson – jamiyat – davlat tamoyili asosida takomillashtirishga oid normalar ilgari surilmoqda. Ya’ni, joylarda hokimlar va mahalliy Kengashlarni ajratish zaruriyatidan kelib chiqib, Konstitusiyaning 100-moddasida mahalliy vakillik organlarining vakolatlarini aniq belgilash taklif etilmoqda.

Tan olish kerak, mazkur normalar davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini isloh qilishda juda muhim masala hisoblanadi. Mazkur takliflarning mazmun-mohiyati haqida Toshkent davlat yuridik universiteti Konsitusiyaviy huquq kafedrasi mudiri, ekspert Bekzod Narimanov bilan suhbat qurdik.

Savol: Joylarda hokimlar va mahalliy Kengashlar vakolatini ajratish masalasi konstitusiyada aks etishi nimalarni anglatadi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyev joriy yil 20 iyundagi Konstitusiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvdagi ma’ruzasida “Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini isloh qilishdagi muhim masala – bu joylarda hokimlar va mahalliy kengashlar vakolatini ajratishdir. Barchangizga ma’lumki, bu g‘oyani men avval ham bir necha marta ilgari surgan edim. Amalga oshirgan islohotlarimiz natijasida mahalliy kengashlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari kengaydi. Shundan kelib chiqib, hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashlariga ham boshchilik qilishi haqidagi qoidani Konstitusiyadan chiqarib tashlash vaqti keldi, deb hisoblayman” deya ta’kidlab, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatidagi jiddiy o‘zgarishlarni boshlanganligini e’lon qildi.

Mazkur taklifni tahlil qilib, uning bir qator muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

Birinchidan, mazkur norma, o‘z navbatida, o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining konstitusiyaviy asoslarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikkinchidan, hokim mahalliy kengashga rahbarlik qilganda shunday ko‘rinardiki, huddiki hokim o‘z qarorlarini mahalliy kengash qo‘li bilan mustahkamlab olayotgandek go‘yo. Endilikda, ikki tuzilmaning ajratilishi ularning har biri Konstitusiya va qonunlar bilan belgilab bergan o‘z vazifa va funksiyasini mustaqil amalga oshirishga huquqiy makon yaratilmoqda. Xalqona aytsak, endilikda kengash ham hokim ham aravasini o‘zi tortadigan bo‘ladi.

Uchinchidan, hokim o‘zi hisobot beradigan organga rahbarlik qilishi mantiqsizlik edi. Bu esa, o‘z o‘rnida, deputatlarning norma ijodkorligi, xalq vakilligi, deputat nazoratini amalga oshirishda kuchli tashqi bosimga uchrashiga olib kelardi. Taklif etilayotgan norma hokimning deputatlarga bosim o‘tkazishini istisno qiladi va deputatlarning xalq manfaatidan kelib chiqib, tom ma’noda xalq vakilligini amalga oshirishining konstitusiyaviy asosi sifatida xizmat qiladi.

Savol: Mahalliy xalq deputatlari kengashlarining vakolatlarini Konstitusiyada aniq belgilash orqali nimalarga erishiladi?

Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlatimiz rahbari parlament va Xalq deputatlari kengashlarida davlat organlari rahbarlari va hokimlarning fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalari qay darajada hal etilayotgani to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam eshitish tizimini yo‘lga qo‘yish zarurligini qayd etdi. Shu bilan birga, joylardagi vakillik organlari faoliyatiga Kengash so‘rovini joriy etish va hokimlar o‘ziga taqdim etilgan vakolatlardan qanchalik samarali foydalanayotganini aniqlash imkonini beruvchi yangi nazorat tizimini yaratish taklif etilgandi. Shu asosda, mahalliy byudjetlar qo‘shimcha daromadlarini taqsimlash, nafaqalarni adolatli belgilash, ijro organlari rahbarlari faoliyatini baholash Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilish asnosida amalga oshiriladigan bo‘ldi.

Xalqni jamiyat hayotidagi yangiliklardan xabardor qilish va xalq tomonidan saylangan deputatlar orqali hukumat faoliyatini baholash amaliyoti mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi real voqelikka aylanib bormoqda.

Lekin, amaldagi Konstitusiyamizning 100-moddasida mahalliy davlat xokimiyati organlarining vakolatlarini umumiy norma sifatida belgilash bilan chegaralangan. Ya’ni, amaldagi norma qaysi bir vakolat vakillik organiga qaysi biri hokimga tegishliligini bilishga imkon bermaydi.

Shu sababli, ushbu taklif orqali endilikda mahalliy hokimiyat organlari vakolatlari barcha sohalarda aniq va batafsil belgilanmoqda, bu orqali ayniqsa, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirilmoqda, joylardagi mahalliy aholini manfaatlarini amalda ta’minlash imkoniyatlari oshirilmoqda. Bunday xolat mahalliy davlat xokimiyati organlarini faoliyatini aniq maqsadlarga qaratilishiga xizmat qiladi.

Taklif etilayotgan normaga ko‘ra, mahalliy kengashlar vakolatlarini tahlil qilsak, ularni quyidagicha tasniflash mumkin:

Birinchi, strategik ahamiyatga ega hujjatlarni tasdiqlash va qabul qilish bilan bog‘liq vakolatlar. Masalan, hududni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan dasturlari, tuman, shaharning bosh rejasi, tegishli mahalliy byudjetlar kabilar.

Ikkinchi, mahalliy ijro hokimiyati organi hisobotlarini eshitish bilan bog‘liq vakolatlar. Xususan, tegishli prokurorlarning, ichki ishlar organlari rahbarlarining, adliya organlarining va davlat boshqaruvi organlari kabilar.

Uchinchi, joylarda manabdor shaxslarni lavozimga tasdiqlash bilan bog‘liq vakolatlar. Misol uchun, hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash aniq belgilanmoqda.

To‘rtinchi, qonun bilan belgilangan tartibda hokim qarorlarini tasdiqlashi yoki qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan hokim qarorlarini bekor qilish bilan bog‘liq vakolatlar.

Beshinchi, ichki masalalarni hal qilish bog‘liq vakolatlar. Xususan, xalq deputatlarining vakolatlarini tan olish hamda muddatidan oldin tugatish, ularni javobgarlikka tortish uchun rozilik berish.

Albatta, xalq deputatlari Kengashlarining konstitusiyaviy asoslarni mustahkamlash uni hududlarda mavjud muammolarni xal qilishdagi asosiy bo‘g‘inga aylantirishga xizmat qiladi.

Xulosa sifatida aytishim mumkinki, aholi tomonidan saylangan mahalliy vakillik xokimiyati organlari bo‘lmish mahalliy xalq deputatlari Kengashlarining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish, joylardagi mahalliy aholini manfaatlarini va ezgu niyatlarini ro‘yobga chiqarish, ular bilan yaqindan aloqada bo‘lib murojaatlarini tinglash va muammolarini hal etish borasidagi kuchaytirilgan vakolatlarini qat’iyan Konstitusiyada belgilanishi bu boradagi davlat siyosatiga mustahkam huquqiy zamin yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi

Мерц бу ҳақда ZDF телеканалида айтиб ўтди.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

AQSh Jahon Savdo Tashkilotining davri tugadi deb hisoblamoqda

Бу ҳақда Financial Times (FT) хабар бермоқда.

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.