Depardyeni zo‘rlashda ayblashdi: jabrdiyda 20 yoshli qiz

Depardyeni zo‘rlashda ayblashdi: jabrdiyda 20 yoshli qiz

Parij prokuraturasi Jerar Depardyega qarshi zo‘rlash ayblovi bo‘yicha ishni qayta ochdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyorni ism-sharifi oshkor qilinmagan 20 yoshli aktrisa ayblamoqda.

Qizning ta’kidlashicha, 71 yoshli Depardye uni Parijdagi uyida 2018 yil avgustida zo‘rlagan.

Yosh aktrisaning polisiyaga bergan shikoyati sabab o‘sha paytning o‘zidayoq dastlabki tergov o‘tkazilgan. Ammo Depardyening aybdorligini isbotlovchi yetarli dalillar to‘plashning imkoni bo‘lmagan.

Biroq, fransuz qonuniy proseduralari sxemasi qizga ishni qayta ochishni talab qilishiga imkon bergan va endi prokuratura bu ish bilan qayta shug‘ullanishga majbur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!