Denov tumanida qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar fosh etildi

Denov tumanida qo‘lbola usulda alkogolli mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sexlar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Denov tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Obodon” MFYda yashovchi 6 nafar fuqaro o‘z uylarida etil spirtidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadonlardan jami 3 240 dona qo‘lbola usulda tayyorlangan “Denov” nomli alkogol mahsuloti, 2 784 litr spirt, 6 254 dona qalbaki aksiz marka, 5 562 dona qopqoq, 1 150 dona “Denov” yorlig‘i tushirilgan yorliq, 948 dona bo‘sh idish, 1 to‘plam kompyuter, rangli printer va boshqa tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (alkagol mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!