Dekabrda ham ikkilamchi avtomobil bozorida faollik pasaydi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2024-yilning dekabr oyida avtomobillarning ikkilamchi bozordagi o‘rtacha narxi tahlil qilindi.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi. Joriy yilning dekabr oyida ko‘p va o‘rtacha foydalanilgan mahalliy ommabop avtomobillar narxi noyabr oyidagiga nisbatan pasaygan bo‘lsa, kam foydalanilganlari narxida sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Xususan:
- o‘rtacha foydalanilgan "Onix" narxi 3.6%ga ($14 000 dan $13 500 ga) , ko‘p foydalanilgani narxi 4,4%ga ($13 600 dan $13 000 ga);
- ko‘p foydalanilgan "Lacetti" narxi 1,3%ga ($13 500 dan $13 327 ga);
- o‘rtacha foydalanilgan "Cobalt" narxi 1.6%ga ($12 500 dan $12 300 ga) , ko‘p foydalanilgani narxi 0,8%ga ($11 800 dan $11 700 ga);
- o‘rtacha foydalanilgan “Nexia” narxi 0.9%ga ($11 500 dan $11 400 ga);
- o‘rtacha foydalanilgan "Spark" narxi 1.0%ga ($10 400 dan $10 300 ga); ko‘p foydalanilgani narxi 0,5%ga ($9 346 dan $9 300 ga);
- o‘rtacha foydalanilgan "Damas" narxi 1.2%ga ($8 100 dan $8 000 ga), ko‘p foydalanilgani narxi 1%ga ($7 503 dan $7 300 ga) arzonlashgan.
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi. Mazkur davrda "Malibu" hamda "Tracker" avtomobillarining narxi pasaygan bo‘lsa, "Equinox" narxida biroz oshish kuzatildi. Xususan:
- o‘rtacha foydalanilgan "Malibu" narxi 1.4%ga ($29 500 dan $29 100 ga), kam foydalanilgani narxi 4,4%ga ($31 000 dan $29 650 ga);
- o‘rtacha foydalanilgan "Tracker" narxi 1.7%ga ($18 000 dan $17 700 ga), kam foydalanilgani narxi - 1,6%ga ($19 000 dan $18 700 ga) arzonlashgan. Ko‘p hamda o‘rtacha foydalanilgan "Equinox" narxlari esa mos ravishda 0,9% ($26 265 dan $26 500 ga) va 1,7% ga ($30 000 dan $30 500 ga) qimmatlashgan.
Elektromobillar narxi: Mazkur davrda yangi BYD "E2" ($17 100) va "Song Plus EV Champion" ($28 500) elektromobillari 1,7% ga, BYD "Han" ($32 500) hamda "Yuan Up" ($21 000) elektromobillari mos ravishda 1,2% va 1,9% ga arzonlashdi.
O‘rtacha foydalanilgan elektromobillardan BYD "E2" ($15 970) va "Han" ($34 500) o‘rtacha narxlari mos ravishda 0,8% va 4,2%ga pasaygan bo‘lsa, BYD "Song Plus EV Champion" ($26 600) hamda "Yuan Up" ($20 500) narxlarida o‘zgarish kuzatilmadi.
Ko‘p foydalanilgan BYD "E2" ($15 250), "Han" ($31 750) va "Song Plus EV Champion" ($24 050) o‘rtacha narxlari esa mos ravishda 3,0%, 1,8% va 5,3%ga qimmatlashdi.
Xorijiy avtomobillar narxi. Chevrolet "Monza" va Kia "Sportage"ning o‘rtacha narxi pasaygan bo‘lsa, Kia "K5", "Seltos" va Hyundai "Tucson" avtomobillarining o‘rtacha narxida o‘sish kuzatildi. Mazkur davrda Chevrolet "Monza" ($17 000) va Kia "Sportage" ($29 700) avtomobillarining o‘rtacha foydalanilgani mos ravishda 1,6% va 4,2%ga, ko‘p foydalanilgani 0,7% ($16 900) va 3,2%ga ($29 000) va kam foydalanilgani 0,3% ($18 000) va 1,6%ga ($31 500) arzonlashdi.
O‘rtacha foydalanilgan Kia "K5" ($27 500), "Seltos" ($25 500) va Hyundai "Tucson" ($31 750) avtomobillarining o‘rtacha narxlari mos ravishda 1,3%, 2% va 2,4%ga, kam foydalanilganlari uchun narxlar 0,4% ($29 000), 1,4% ($26 000) va 2%ga ($33 500) oshdi.
Avtomobillar narxini tahlil qilishda ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) orqali to‘plandi. Bunda, 2020-2024 yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun taklif etilayotgan narxlar saralab olingandan so‘ng, noyabr oyi uchun 17,3 mingta, dekabr oyi uchun 16,5 mingta ma’lumot asosida taklif etilgan narxlar tahlil qilindi.