Bosh prokuratura Davron Kabulovning otasi Ravshan Kabulov ishi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.
Unga ko‘ra, 2023 yil dekabr oyida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ravshan Kabulov rahbarlik qilayotgan Yakkasaroy tumanida joylashgan mehmonxonaning 4 ta isitish qozonini 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 18 oktyabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olib, tuman gaz ta’minoti idorasi bilan shartnoma tuzmay, gaz hisoblagichni gaz idorasidan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va alohida hisob-raqam ochmasdan, gaz hisoblagichga o‘rnatilgan tamg‘ani gazdan noqonuniy foydalanish maqsadida tashqi ta’sir aralashuvida uzishga erishib, jami 907.558 kub metr miqdoridagi 344 mln. 872 ming so‘mlik tabiiy gazdan yashirin ravishda foydalanib kelib, juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, 2023 yil 22 dekabr kuni R.Kabulovga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilingan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2024 yil 27 mart kungi hukmiga ko‘ra, R.Kabulov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, shartli ravishda 1 yil sinov muddati belgilangan.
Jinoyat ishi doirasida aniqlangan 344 mln. 872 ming so‘mlik moddiy zarar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali foydasiga undirilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Москва Яманнинг “Ансоруллоҳ” гуруҳи билан алоқада экани, Исроил ва унинг иттифоқчиларига қарши амалиётларида унга ёрдам бериш учун қурол жўнатаётгани АҚШнинг ғазабини қўзғатди.
Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.
Украина Қуролли кучлари бош штаби 13 декабрь куни кечки ҳисоботида Донетск вилоятининг жануби-ғарбий қисмидаги Покровск ва Времивка йўналишларида «кескин вазият» ҳақида маълум қилди.
Жанубий Корея парламенти ўтган ҳафтада мамлакатда ҳарбий ҳолат жорий этишга муваффақиятсиз уриниш қилган президент Юн Сок Ёлга импичмент эълон қилиш учун овоз берди, деб хабар бермоқда “Yonhap”.
Таиланднинг Ум Пҳанг шаҳрида Қизил Хоч фестивалида портлаш содир бўлди, оқибатда 50 га яқин киши жароҳатланди, тўрт киши ҳалок бўлди, деб хабар бермоқда Ком Чад Луэк.
Украина президенти Владимир Зеленский маълум қилишича, бугунги ҳужум пайтида Россия қўшинлари Украинага қарийб 93 та ракета ва 200 га яқин учувчисиз қурилма учирган.
Россия Федерацияси ташқи ишлар вазири ўринбосари Александр Грушконинг таъкидлашича, Европа Иттифоқи Россияга қарши санкцияларнинг таъсирида катта иқтисодий зарар кўрмоқда.
Янги Сергели кўчасида содир бўлган ёнғин ҳақида маълумот 13 декабрь куни соат 16:12 да келиб тушган. Соат 16:19 да ёнғин-қутқарув гуруҳи воқеа жойига етиб келди.