Davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etish zarurligi tushuntirildi

Davlat tili haqidagi qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etish zarurligi tushuntirildi

2024 yil 18 iyul kuni Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
2024-yil 18-iyul kuni Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasida “Davlat tili haqida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi xodimlaridan iborat ishchi guruh boshqarmada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tilida ish yuritishni tashkil etish holatini o‘rgandi.

Tashqi yozuvlar, ish hujjatlari hamda targ‘ibot materiallarining davlat tilida bexato yozilishiga e’tibor qaratildi. Ish hujjatlarida imlo qoidalariga rioya etmaslik holatlari ko‘rsatib o‘tildi. Boshqarma va tuman ekologiya bo‘limlarining rasmiy xat blankalari va muhrlarini O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni talablariga moslash zarurligi qayd etildi.

Xodimlarga “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” ko‘pjildligi, “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qo‘llanmasidan foydalanishni targ‘ib qilish, “Ma’rifat soati” tadbirlari orqali yurtimizdagi yangilanishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan tavsiyalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!