Davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qildi

Davlat rahbarlari Registon majmuasini tomosha qildi

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari Registon majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar berdi davlat rahbarining rasmiy sayti.

Mehmonlarga majmuadagi uch muhtasham obida – Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalarining tarixi, mustaqillik yillarida bu yerda olib borilgan ishlar haqida so‘zlab berildi. O‘zbekistonning me’morchilik an’analari, qadimiy obidalarning mustahkamligi, Tillakori gumbazining naqshinkor jilolari Emomali Rahmonda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Registon maydonida esdalik uchun suratga tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!