Davlat organlari va mahalliy rahbarlar tanqidlarga tez-tez javob bera boshladi

Davlat organlari va mahalliy rahbarlar tanqidlarga tez-tez javob bera boshladi

Monitoring natijalariga ko‘ra, joriy yilning noyabr oyida ommaviy axborot vositalari tanqidlarining 73 foiziga davlat tuzilmalaridan rasmiy munosabat bildirilgan.

Bunga respublika ahamiyatidagi tashkilotlar va mahalliy hokimliklarda matbuot xizmatlarini tashkil etilishi va ularning faoliyatini rivojlantirish orqali erishildi. Bugungi kunga kelib 100 dan ortiq respublika tashkilotlari, 200 ga yaqin tuman va shahar hokimliklarida axborot xizmatlari tashkil etildi.

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida respublika darajasidagi 20 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatiga oid e’lon qilingan jami 334 ta tanqidiy materialning 264 tasi (79%) ga, 14 ta mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga oid 314 ta tanqidiy materialning 211 tasi (67%)ga munosabat birdirilishi tashkillashtirilgan. Vaholanki, shu yil iyun oyida tanqidiy materiallarga munosabat 18 foizdan oshmasdi. 

Sirdaryo, Surxondaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari matbuot xizmatlari qariyb barcha tanqidlarga munosabat bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!