«Darakchi» gazetasi asoschisi Firdavs Abduxoliqov «O‘zbekkino»ga direktor bo‘ldi

«Darakchi» gazetasi asoschisi Firdavs Abduxoliqov «O‘zbekkino»ga direktor bo‘ldi

Furqat Zokirov «O‘zbekkino» milliy agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. «Daryo»ning agentlikdagi ishonchli manbalari bergan axborotga ko‘ra, uning o‘rniga Firdavs Abduxoliqov agentlikning yangi rahbari etib tayinlangan.

56 yoshli Firdavs Abduxoliqov 1992—1995 yillarda O‘zbekistondagi dastlabki xususiy telekanallardan biri — «STV» va ilk nodavlat gazetalardan biri — «Darakchi»ga asos solgan. 2003 yildan O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasiga rahbarlik qilib keladi.

Bundan tashqari, u O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining raisi hisoblanadi. Uning prodyuserligida ko‘plab hujjatli filmlar suratga olingan, u BBC, Euronews, CNBC va boshqa qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!