COVID-19ga qarshi Rossiya preparati 17 mamlakatga yetkazib beriladi

COVID-19ga qarshi Rossiya preparati 17 mamlakatga yetkazib beriladi

Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya jamg‘armasi va Ximrar koronavirusga qarshi "Avifavir" preparatini 17 mamlakatga yetkazib beradi, deya xabar berdi RIA Novosti fond materiallariga asoslanib.

Ta’kidlanishicha, preparat Argentina, Bolgariya, Chili, Kolumbiya, Gonduras, Braziliya, Panama, Urugvay, Ekvador, Quvayt, Salvador, Paragvay, Serbiya, Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Janubiy Afrika, Birlashgan Arab Amirliklariga yetkazib berilmoqda.

Belorusiya, Qozog‘iston, Boliviya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, shuningdek, O‘zbekistonga preparat allaqachon yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, "Avifavir" favipiravir asosida tayyorlangan bo‘lib, Rossiya Federasiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligida may oyida ro‘yxatdan o‘tgan va koronavirusni davolash uchun tasdiqlangan dunyodagi birinchi dori bo‘lgan.

Iyun oyidan boshlab preparat Rossiya Federasiyasining 74 mintaqasidagi klinikalarga yetkazib berilgan.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!