Coca-Cola ichimligi o‘z ishlab chiqarishini kengaytiradi

Coca-Cola ichimligi o‘z ishlab chiqarishini kengaytiradi

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov taklifiga binoan Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd. Xorijiy korxonasi Bosh direktori Ezel Agaoglu boshchiligidagi delegasiya Namanganga keldi.

Ma’lumki, Namangan viloyati markazida jahonga mashhur Coca-Cola ichimligi ishlab chiqariladi. Bugungi kun islohotlaridan o‘ziga xos hulosa chiqargan korxona rahbariyati 30-40 yillik istiqbolni hisobga olgan holda rivojlantirish dasturini amalga oshirishni rejalashtirgan.

- Biz buning uchun aynan Namanganni tanlaganmiz, boisi tadbirkorlik va boshqa sohalar rivojlanayotgan, aholi soni va saviyasi keskin o‘sayotgan hudud bizning brendimiz uchun ishonchli bozor va taraqqiyot garovi hisoblanadi, - deydi Ezel Agaoglu.

Viloyat hokimi Namanganda Coca-Cola ichimligi ishlab chiqarilishi orqali bevosita va bilvosita yaratilgan ish o‘rinlari, korxonaning sifat uchun ishlashi, kelgusida faoliyat ko‘lamini kengaytirish rejalarini qadrlanishi va har tomonlama ko‘mak berilishini alohida ta’kidladi. Ayniqsa, xizmat ko‘rsatish, jumladan turizm rivoj topib borayotgani, masalan, gullar shahri Namanganda Xalqaro gullar festivali o‘tkazilishining o‘zida mashhur mahsulotga bo‘lgan talabning ortib borayotganini e’tirof etdi.

Investorlar viloyat hokimiga tashakkur izhor qilishdi hamda u tarafidan taklif etilgan kichik sanoat zonalari hamda erkin iqtisodiy zonani joyida ko‘rishdi, shu orqali yangi ishlab chiqarish liniyalarini o‘rnatish uchun istiqbolni belgilashlarini bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!