Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish tugatildi

Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish tugatildi

Bugun, 18 sentyabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektasiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktasiya ochilgan edi.

Shundan so‘ng ko‘rishlar soni ko‘paygani sababli kompaniyaning rasmiy saytida uzilishlar kuzatila boshlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur e’londan so‘ng avtosalonlarda navbatlar yuzaga kelgani aks etgan videolar tarqaldi.

Shuningdek, tarmoqlarda Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zAvtosanoat” matbuot kotibinig ma’lum qilishicha, hozirda Cobalt va Lacetti uchun shartnoma berish to‘xtatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!