Cobalt, Lacetti, Damas va Labo uchun shartnomalar ochilmoqda

Cobalt, Lacetti, Damas va Labo uchun shartnomalar ochilmoqda

UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarning qo‘shimcha hajmi uchun kontraktasiyani ochmoqda. Bu haqda kompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, barcha mavjud ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillarining qo‘shimcha partiyasini ishlab chiqarish va sotish imkoniyatlari ham ishlab chiqildi.

"Bugun, 18 sentyabr kuni UzAuto Motors rasmiy saytida ko‘rsatilgan komplektasiya va ranglardagi Chevrolet Cobalt, Lacetti, Damas va Labo avtomobillari uchun kontraktasiya ochilmoqda. Avtomobillar soni cheklangan.

Avtomobillar uchun shartnomani faqat Chevrolet'ning dilerlik markazlarida tuzish mumkin. Avval mavjud bo‘lgan onlayn shartnoma tuzish imkoniyati hozirda yo‘q.

UzAuto Motors avtomobillarni yetkazib berish muddatini qisqartirish maqsadida ishlab chiqarish jadvaliga muvofiq savdo tizimi joriy etilayotganini eslatgan. “Barcha tuzilgan shartnomalar bo‘yicha avtomobillar qisqa vaqt ichida o‘z egalariga yetkazib beriladi”, – deya ma’lum qilgan kompaniya.

Ma’lum qilinishicha, agar bir shaxs nomiga yiliga bir xil model uchun 2 tadan ortiq avtomobil xarid qilinsa, kompaniya shartnomaning 3.1.2 bandiga asosan avtomobillarni yetkazib berish muddati uzaytiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!