Cho‘milayotgan qizlarni uyatsiz holatda suratga olgan erkak qo‘lga olindi

Cho‘milayotgan qizlarni uyatsiz holatda suratga olgan erkak qo‘lga olindi

Avstraliyaning Vullongong shahrida yashovchi erkak qizlarni plyajda suratga oldi va sudga berildi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, 52 yoshli erkak shahar yaqinidagi portda ich kiyimida cho‘milayotgan 11 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarni suratga olgan. Keyinroq u bu ishi uchun jamoat a’zolari tomonidan qo‘lga olingan va polisiyaga topshirilgan.

Huquqni muhofaza qilish idoralari gumonlanuvchining telefonida 2020 yil dekabridan 2021 yil yanvarigacha Vullongton va Tauraji qirg‘oq bo‘yidagi dam olish zonalari hududida olingan voyaga yetmaganlarning ko‘plab fotosuratlarini topishdi.

Qayd etilishicha, noma’lum shaxs, xususan, voyaga yetmaganlarning behayo tasvirlari tushirilgan materiallar tayyorlagan va tarqatgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!