"Chorvoq"dagi "piramida"lar sotuvga qo‘yildi

A A A
"Chorvoq"dagi "piramida"lar sotuvga qo‘yildi

Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanini 8 ta alohida lotlarga bo‘lgan holda ommaviy savdolarga chiqarilmoqda.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida” 2021 yil 11 fevraldagi PF-6167-son Farmoniga muvofiq Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanini (virtual ko‘rish 360) 8 ta alohida lotlarga bo‘lgan holda ommaviy savdolarga chiqarilishi to‘g‘risida

E’LON

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanini 8 ta alohida lotlarga bo‘lgan holda ommaviy savdo jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi.

Davlat aktivlarini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Bunda:

birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;

ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.

Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar 2021 yil 15 iyul soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga ko‘ra) mazkur e’lonning 1-ilovasi (jismoniy shaxslar 1 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (imzolangan holda), quyidagi hujjatlar bilan yopiq konvertda Davaktiv agentligiga yoki skaner qilingan shakli (kodlangan holda) Davaktiv agentligining quyida ko‘rsatilgan elektron manziliga taqdim etiladi:

a) yuridik shaxslar uchun:

yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma va uning ustavi nusxalari (talabgor tomonidan tasdiqlangan holda);

hujjatlar topshirilgan sanaga talabgor, uning ta’sischisi va/yoki benefisiarining to‘liq ro‘yxati (agar to‘lovga ta’sischi va/yoki benefisiarning mablag‘i jalb etilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, talabgorning ustav kapitalidagi tegishli ulushlarini va miqdorini ko‘rsatgan holda);

davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan samarali foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;

talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etayotgan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag‘larini Davaktiv agentligining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.

b) jismoniy shaxslar uchun:

soliq to‘lovchining identifikasiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), pasport ma’lumotlari;

davlat aktivlaridan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan samarali foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;

talabgor savdoda ishtirok etishi uchun sotib olishni rejalashtirgan davlat aktivi bo‘yicha talabgorning o‘zi taklif etayotgan qiymatdan kamida 5 foizi miqdorida zakalat puli mablag‘larini Davaktiv agentligining quyida keltirilgan maxsus hisob-raqamiga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.

Davlat tender komissiyasi tomonidan savdoning birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha qarori qabul qilingan kundan boshlab, 3 ish kuni mobaynida jarayonning birinchi bosqichi natijalari bo‘yicha ikkinchi bosqichga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar orqali e’lon beriladi hamda birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha talabgorlarga rasmiy xabarnoma yuboriladi.

Savdoning ikkinchi bosqichiga o‘tgan talabgorlar to‘g‘risida Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb saytida e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur e’lonning 2-ilovasi (jismoniy shaxslar 2 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (tasdiqlangan holda) takliflar taqdim etiladi.

Takliflar quyida talab etiladigan hujjatlar bilan birga Davaktiv agentligiga yopiq konvertda yoki tegishli hujjatlarning skaner qilingan varianti (kodlangan holda) Davaktiv agentligining elektron manziliga yuboriladi:

davlat aktivini sotib olishga talabgorning narx taklifi;

davlat aktivini sotib olish to‘lovlarini amalga oshirishning muddatlari bo‘yicha taklif;

talabgorning oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasi (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizasiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga).

Bunda, talabgor tomonidan o‘z moliyaviy hisobotlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lmasa ta’sischisi yoki benefisiarining oxirgi 3 yillik moliyaviy hisoboti (buxgalteriya hisobotining 1 va 2-shakllari) nusxasini (rezidentlar uchun hisobot qabul qilinganligi to‘g‘risidagi soliq organlarining tasdig‘i hamda moddiy va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizasiya va aktivlarni qayta baholash ko‘rsatkichlari bilan birga) taqdim etishi mumkin. Bunday hollarda ta’sischi yoki benefisiarning talabgor manfaati uchun to‘lovlarni amalga oshirish yuzasidan tasdiq xati ilova qilinishi shart;

talabgorning to‘lov qobiliyatining yetarliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (depozit sertifikati, bank kafolati). Bu hujjatlar talabgor tomonidan o‘zining moliyaviy hisobotlari bo‘yicha to‘lov qobiliyati yetarli bo‘lmagan hollarda taqdim etiladi.

Alohida shartlar:

Davlat aktivlaridan kelgusida mehmonxona yoki boshqa turizm infratuzilmasi ob’ektini barpo etish talabi qo‘yiladi;

talabgorlar tomonidan bir yoki bir nechta lotlar bo‘yicha takliflar taqdim etilishi mumkin. Bunda, har bir lot bo‘yicha takliflar alohida- alohida beriladi;

davlat aktivini (bir lot bo‘yicha) sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi;

talabgor davlat aktivini sotib olish to‘lovini bir oydan ko‘p muddatlarda (ko‘pi bilan 36 oy) amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi;

savdo yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab 20 kun ichida oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun to‘langan zakalat puli davlat aktivi xarid to‘lovining bir qismi sifatida qabul qilinadi;

davlat aktivlari savdolari yakunlari bo‘yicha g‘olib tomonidan to‘lanadigan xarid qiymatiga chegirma qo‘llanilmaydi;

savdolar yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzish rad etilsa yoki undan voz kechilsa, u tomonidan to‘langan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi;

Davlat tender komissiyasi yoki Ishchi organ o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni to‘xtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qo‘shimcha va/yoki aniqlashtiruvchi ma’lumotlar so‘rashi mumkin.

Ishchi organ – Davaktiv agentligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

Zakalat pulini to‘lash uchun Davaktiv agentligining maxsus hisob raqami:

Milliy valyutada:

Qabul qilib oluvchi: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi;

Oluvchining hisob raqami: 23402000300100001010;

Oluvchining banki: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob kitob-kassa markazi;

STIR: 201 122 919;

Oluvchining bank kodi: 00014.

To‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” qismida: 200410860262660000000000001 raqami va davlat aktivining nomi ko‘rsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.

Chet el valyutasida:

Qabul qilib oluvchi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;

h/r: 21508840000600289002 (AQSh dollari);

Bank benefisiar: Central Bank of Uzbekistan;

SWIFT: CBUZUZ22;

To‘lovchi tomonidan to‘lov topshiriqnomasining “to‘lov maqsadi” qismida: davlat aktivining nomi ko‘rsatilgan holda “zakalat puli” yozuvi yoziladi.

Davaktiv agentligining manzili:

100000, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 6-uy.

Elektron manzil: invest@davaktiv.uz, investment@davaktiv.uz.

Hujjatlarni qabul qilishga mas’ul xodim: O‘.To‘xtasinov
tel.: (+99871) 259-22-10.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon raqamlar:
(+99871) 259-20-91, 259-20-70.

Veb-sayt: www.davaktiv.uz.

Hurmatli tadbirkorlar!

Savdo jarayoni bo‘yicha taklif va e’tirozlar yuzaga kelganda, Davaktiv agentligining (+99871) 259-21-37 yoki qisqa 1082 ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.

Ommaviy savdolarga chiqarilgan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq oromgohi” dam olish maskanini (virtual ko‘rish 360) 8 ta alohida lotlari to‘g‘risida

MA’LUMOT

T/r

Lot raqami va Davlat aktivining nomi

Manzili va kadastr raqami

Maydoni

umumiy yer (ga)

Bino-inshoot
(kv.m)

1

1-lot – Sport sog‘lomlashtirish majmuasi

Bo‘stonliq tumani, Novobod MFY, Baqacho‘l uchastkasi 401

2,4

3 365,73

2

2-lot – Dam olish oromgohi

Bo‘stonliq tumani, Novobod MFY, Baqacho‘l uchastkasi 402

1,91

7 463,50

3

3-lot– Dam olish oromgohi

Bo‘stonliq tumani, Novobod MFY, Baqacho‘l uchastkasi 403

1,57

7 254,50

4

4-lot – Qurilishi tugallanmagan dam olish oromgohi bino-inshootlar

Bo‘stonliq tumani, Novobod MFY, Baqacho‘l uchastkasi 404

1,63

3 169,25

5

5-lotQurilishi tugallanmagan dam olish oromgohi bino-inshootlar

Bo‘stonliq tumani, Novobod MFY, Baqacho‘l uchastkasi 405

2,4

3 169,25

6

6-lot – Dam olish oromgohi

Bo‘stonliq tumani, Novobod MFY, Baqacho‘l uchastkasi 406

1,84

7 254,5

7

7-lot – Dam olish oromgohi

Bo‘stonliq tumani, Novobod MFY, Baqacho‘l uchastkasi 407

2,3

39,15

8

8-lot – Dam olish oromgohi

Bo‘stonliq tumani, Novobod MFY, Baqacho‘l uchastkasi 408

2,43

71,48


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

Rossiyada maktabga hujum qilib, tojikistonlik bolani o‘ldirgan o‘smir hibsga olindi

Шу мактабнинг тўққизинчи синфи ўқувчиси бўлган 15 ёшли Тимофей мактабга пичоқ кўтариб келиб, қўриқчи ва ўқувчиларга ҳужум қилган.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.