Chirchiqda ayol boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi

Chirchiqda ayol boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida suvga tushib ketgan Spark avtomashinasi va uning atrofida fuqarolar aks etgan video xabar tarqalmoqda.

Toshkent viloyati IIB xabariga ko‘ra, Chirchiq shahar “Iqbol” mahallasi hududida 1971 yilda tug‘ilgan ayol (haydovchi D.M.) Spark mashinasida orqaga harakatlanayotgan vaqtida boshqaruvni eplolmay qolib suvga tushib ketgan.

Mazkur jarayonda ishtirok etgan barcha fuqarolar shahar FVB xodimlari bilan hamkorlikda qutqarib olingan.

"Hozirda avtomashinani suvdan olib chiqish chorasi ko‘rilmoqda. Yuqorida qayt etilganidek, hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q. Avtomashina suvdan olib chiqildi. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!