Chiplarning taqchilligi smartfon bozoriga ta’sir qiladi

Chiplarning taqchilligi smartfon bozoriga ta’sir qiladi

Avtomobil bozorida kuzatilayotgan chiplarning taqchilligi, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, smartfonlar bozoriga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, chip ishlab chiqaruvchi dunyodagi yetakchi Qualcomm kompaniyasi smartfonlar va boshqa gadjetlarda qo‘llaniladigan yarim o‘tkazgichlarga bo‘lgan talabni qoplab ulgurmayapti.

Asosiy mijoz sanalmish Samsung esa AQSh kompaniyasidan yetarli chiplarni ololmayapti.

Qualcomm protsessorlariga bo‘lgan talab so‘nggi oylarda eng yuqori natijani qayd etdi.

Chip taqchilligi smartfon bozoriga qanday ko‘lamda ta’sir qilishi hozircha noma’lum. Ammo ushbu vaziyat mashina bozoriga o‘z ta’sirini o‘tkazib ulgurdi. Jumladan O‘zbekistonning UzAuto Motors kompaniyasi ham yarim o‘tkazgichlarning yetishmasligi sabab mijozlarga mashinalarni yetkazib berish muddatini bir necha oyga qoldirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!