Chilonzorda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.X. 84 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.M.ga 3,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan o‘tkazish maqsadida olib kelingan 738 dona “Regapen”, 176 dona “Selofen” va 16 dona “Tropikamid” nolmi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. 45 dona “Regapen” va 8 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini fuqaro F.A.ga 5 mln so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.