Chet elda yozilgan ishonchnomani faks orqali jo‘natsa bo‘ladimi yoki asli kerakmi?

Chet elda yozilgan ishonchnomani faks orqali jo‘natsa bo‘ladimi yoki asli kerakmi?

— Turmush o‘rtog‘im chet elda. O‘g‘lim ikkimizni yoniga chaqiryapti. Ammo o‘g‘lim chet elga chiqishi uchun otasining roziligi ham talab qilinar ekan. Chet elda turib ishonchnoma yozilsa, faks orqali jo‘natiladimi yoki asli bo‘lishi shartmi?

— Farzandini chet davlatga olib chiqish uchun ota-onaning roziligi va olib ketuvchining majburiyati talab qilinadi. Bu holatda otasi o‘zi yashayotgan davlatdan notarial tasdiqlangan rozilik arizasining asl nusxasini yuborishi kerak.

Savolga Guliston shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Shuhrat Sindorov javob berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!