Chendlerga qarshi jang bekor bo‘lganidan so‘ng Konor Makgregor o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Chendlerga qarshi jang bekor bo‘lganidan so‘ng Konor Makgregor o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Maykl Chendlerga qarshi jang bekor bo‘lganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Rejalashtirilgan jangni o‘tkazmaslik juda ham og‘ir. Matbuot anjumanidan oldin jarohat oldim. Tiklanishim uchun esa vaqt kerak.

Jangni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror osonlikcha qabul qilingani yo‘q. Shifokorlar, UFC va jamoam bilan maslahatlashgandan so‘ng shu to‘xtamga keldik.

Muxlislarim va raqib meni eng yaxshi formamda ko‘rishni xohlaydi. Kayfiyatim juda yaxshi, qaytishimga ishonchim komil”, — deydi irlandiyalik sportchi.

Ma’lumot uchun, Makgregor va Chendler o‘rtasidagi jang 29 iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC-303 turniri doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Konorning jarohati sababli bu jang boshqa muddatga qoldirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!