"Chelsi" Erling Xolandni sotib olmoqchi. Futbolchi qarshi emas

"Chelsi" Erling Xolandni sotib olmoqchi. Futbolchi qarshi emas

Londonning "Chelsi" klubi Dortmundning "Borussiya" jamoasi va Norvegiya termasi hujumchisi Erling Xolandaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniyaning Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, ikkala klub ham norvegiyalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Biroq, dortmundliklarning moliyaviy talablari transferni amalga oshirishda to‘siq bo‘lishi mumkin — ular hujumchisi uchun 200 million yevro olmoqchi.

Xolandning o‘ziga kelsak, u nemis ustozi Tomas Tuxel boshchiligidagi amaldagi Chempionlar Ligasi g‘oliblari safiga qo‘shilishga qarshi emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!