Chegarada FSBga pora bermoqchi bo‘lgan migrant 2 yilga qamaldi

Chegarada FSBga pora bermoqchi bo‘lgan migrant 2 yilga qamaldi

Rossiya Federasiyasi Novgorod viloyati sudining xabar berishicha, 2020 yilning iyun oyida tojikistonlik Muhammad Odinayevgi nisbatan 10 yil muddatga ushbu davlat hududida bo‘lmaslik bo‘yicha sud qarori chiqarilgan.

Ammo tojikistonlik mehnat migranti Rossiya hududiga qaytib kirmoqchi bo‘lib, uni javobgarlikka tortmaslik evaziga Federal xavfsizlik xizmati xodimlariga 20 ming rubl pul berayotganida qo‘lga olingan.

Yangi yil arafasida Chudovskiy tumani sudi tomonidan RF JKning 291-moddasi (pora berish) bilan hukm chiqarilib, Muhammad Odinayevga nisbatan umumiy tartibdagi axloq tuzatish koloniyasida 2 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!