Buyuk olimlar hayotidagi oddiy voqealar

Buyuk olimlar hayotidagi oddiy voqealar

1939 yilda 25 yoshli matematik Jorj Dansig Kaliforniya universitetida tahsil olardi. Bir kuni u statistika darsiga 20 daqiqa kechikib bordi. Jimgina kirib, stolga o‘tirdi. Mavzuni o‘tkazib yuborganini tushunib, doskaga yozilgan ikki vazifa shartlarini ko‘chirib oldi.

Uyida dars qilayotib, bugun darsga kechikkanidan uch marta afsuslandi. Vazifalar haqiqatan ham qiyin edi. Dansig ularni hal qilish uchun muhim bir narsani o‘tkazib yubordim, deb o‘ylardi. Ilojsizlikdan masalalarni hal kirishga kirishdi. Bir necha kunlik mashaqqatli mehnatdan so‘ng, u baribir bu masalalarni yechdi. Mamnun bo‘lib, professor yoniga borib, daftarini unga uzatdi.

Professor Yeji Neyman bu topshiriqni beixtiyor qabul qildi, lekin u talabalardan bunday masalani yechib kelish to‘g‘risidagi bergan topshirig‘ini eslay olmadi. Biroz vaqt o‘tgach, talaba daftarini tekshirib, hayratda qoldi. U haqiqatan ham ma’ruzalardan birining boshida talablarga ushbu ikki masala shartlarini aytib berganini esladi. Nafaqat professorning o‘zi, balki o‘sha davrning boshqa atoqli olimlari tomonidan hal etilmaydigan ikki masala shartlarini!

Biroq, Dansig ma’ruzaning bu ikki masala hal etilmasligi haqida gapirilgan qismini tinglamasdan qolgandi. Va ularni hal qildi.

 ***

Maks Plank fizika bo‘yicha Nobel mukofotini olgach, doiraviy sayohatga chiqdi va hamma joyda bir xil ma’ruza qilardi. Uning haydovchisi har doim zalda o‘tirar edi va matnni yodlab oldi. U boshlig‘iga hazil taklif qildi: “Ma’ruzalaringizni o‘zim o‘qib bersam, siz haydovchi kepkasini kiyib, zalda o‘tirsangiz”. Bu fikr Plankka yoqdi va u rozi bo‘ldi.

Haydovchi kvant mexanikasi to‘g‘risida ma’ruza o‘qiy boshladi. To‘satdan fizik professorlaridan biri savol berib qoldi. Haydovchi uni diqqat bilan tingladi va shunday dedi: “Shunday taraqqiy etib borayotgan shaharda mendan bunday oddiy savol so‘raladi, deb o‘ylamagan edim. Sizning ruxsatingiz bilan haydovchimdan bu savolga javob berishni so‘rayman”.

***

Raqamlar nazariyasi sohasidagi mutaxassis nemis matematiki Ernst Eduard Kummer arifmetika bilan jiddiy kelishmovchilikda edi. Bir kuni talabalarni o‘qitish paytida 7 ni 9 ga ko‘paytirish kerak edi. “Etti karra to‘qqiz”, dedi Kummer, “Ettini to‘qqizga ko‘paytirsak... qancha bo‘ladi?”. “Oltmish bir” turtki berdi, talabalardan biri. Kummer taxtaga 61 raqamini yozdi.  “Janob, yetti karra to‘qqiz 66 bo‘ladi”, dedi ikkinchi talaba.

- Janoblar, deb javob berdi Kummer, - ikkalasidan birini tanlash kerak, yo 61 yo 66.


Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!