Buyuk Britaniyada uy narxi tarixiy eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Buyuk Britaniyada uy narxlari rekord darajaga yetdi. London hali ham yetakchilar qatorida qolmoqda, Shimoliy Irlandiyada esa o‘tgan yili kvadrat metrlar narxi 10 foizga oshdi.
Buyuk Britaniyaning eng yirik ipoteka kreditorlaridan biri bo‘lgan Halifax ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda uyning o‘rtacha narxi rekord darajadagi 293 999 funt sterlingni (381 174 dollar) tashkil etib, 2022 yil iyun oyida o‘rnatilgan 293 507 funt sterlingdan (380 536 dollar) oshib ketdi.
Oktyabr oyida o‘rtacha uy narxi 0,2% ga o‘sdi va to‘rtinchi oy ketma-ket ijobiy tendensiyani davom ettirdi. Yillik o‘sish 3,9% ni tashkil etdi.
Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniyaning barcha hududlarida uy narxlarining eng tez o‘sib borayotgan hududi bo‘lib, u yerda oktyabr oyida o‘tgan yilga nisbatan ko‘chmas mulk narxi 10,2% ga o‘sdi. London o‘rtacha narxi 543 308 funt sterling (704 407 dollar) bilan eng qimmat hudud bo‘lib qolyapti, bu o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga ko‘p demak.
Yuqori narxlarga qaramay, Buyuk Britaniyaning mulk bozoridagi faollik o‘sishda davom etyapti, yangi ipoteka operasiyalari soni ikki yil ichida eng yuqori darajaga yetdi.
Angliya Bankining bugungi foiz stavkasi 5 foizdan 4,75 foizga tushirilishi uy-joy xaridorlarini yanada rag‘batlantirishi va mulk bozorining yanada o‘sishiga sabab bo‘lishi kutilyapti.