Buyuk Britaniya Charlz III tasviri tushirilgan ilk tangalarni taqdim etdi

A A A
Buyuk Britaniya Charlz III tasviri tushirilgan ilk tangalarni taqdim etdi

Buyuk Britaniya Qirollik zarbxonasi qirol Charlz III tasviri tushirilgan ilk tangalarni taqdim etdi, deya xabar berilmoqda Royalmint rasmiy saytida.

“Bugun biz qirolicha Yelizaveta II'ning hayoti va merosiga bag‘ishlangan esdalik tangalar kolleksiyasida ilk bor paydo bo‘lgan Qirol Charlz III'ning birinchi rasmiy suratini taqdim etishdan mamnunmiz”, - deyiladi xabarda.

Esdalik tangalar kolleksiyasi 3 oktyabrda sotuvga chiqariladi. “

Qirolicha Yelizaveta II va qirol Charlz III portretlari tushirilgan tangalar uzoq yillar davomida muomalada bo‘ladi”, - deya ta’kidladi zarbxona matbuot xizmati.

Tangalardagi qirol portreti ingliz haykaltaroshi Martin Jennings tomonidan yaratilgan. Qirollik va numizmatik an’analarga ko‘ra, tangadagi qirolning yuzi chap tomonga, ya’ni oldingi monarx qaragan tomonga qarama-qarshi tomonga buriladi. Masalan, portretdagi qirolicha Yelizaveta II'ning yuzi o‘ng tomonga burilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!