Buxoroda o‘g‘rilar aniqlanib, qo‘lga olindi

Buxoroda o‘g‘rilar aniqlanib, qo‘lga olindi

Buxoro shahrida shu yil 8 sentyabr kuni K.Murtazov ko‘chasida yashovchi B.N. murojaat qilib, unda shu yil 6 sentyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uni uyi eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, xonasidan 27 mln. so‘m puli va 6 turdagi zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy shahrida yashovchi J.T. va G‘alabashox ko‘chasida yashovchi muqaddam sudlangan A.K.lar sodir etganliklari aniqlanib ushlanganlar. Tergov harakatlari davom etmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!