Buxoroda tadbirkorning yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Buxoroda tadbirkorning yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.S. Buxoro tumani “Bog‘idasht” MFY hududidagi tadbirkor SH.ning issiqxonasiga qarashli 4 sotix yer maydonini boshqa bir fuqaro A.ga 8 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu yer maydoni o‘ziga tegishli ekanligini aytib, tanishlari yordamida hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga oldindan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!