Buxoroda navbatdagi valyuta "operasiya"siga chek qo‘yildi

Buxoroda navbatdagi valyuta "operasiya"siga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahar A.Navoiy mahallasida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan R.U. shaharning Q.Murtazoyev ko‘chasida boshqa bir fuqaroga qonunga xilof ekanligini bila turib bir Rossiya rublini 186 so‘mdan hisoblab 180,0 ming Rossiya rublini jami 33.480.000 so‘mga sotgan vaqtida ushlanib tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan R.U. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!