Buxoroda guruh bo‘lib firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi

Buxoroda guruh bo‘lib firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxslar qo‘lga olindi

Shofirkon tumani Chandir MFYda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi D.S. va shu mahallada yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan B.N. lar bir guruh bo‘lib, oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zgalarning ishonchiga kirib, ularni aldab, 2020 yilning may oylarida Romitan tumani Romitan MFYda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan F.R. ning 000.000 (yigirma olti million) so‘mlik, 2020 yilning avgust oyi boshlarida Romitan tumani Bog‘cha MFYda yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan O.S.ning jami 35.000.000 (o‘ttiz besh million) so‘mlik, 2020 yilning avgust oyi o‘rtalarida Romitan tumani Bog‘cha MFYda yashovchi M.B.ning 24. 000.000 (yigirma to‘rt million) so‘mlik va 2020 yilning avgust oyi oxirlarida Romitan tumani Bog‘cha MFYda yashovchi O‘.A.ning jami 12.000.000 (o‘n ikki million) so‘mlik qurilish anjomlarini og‘zaki ijara kelishuvi asosida, haq evaziga foydalanish uchun olib, ijara pullarini bermasdan, olingan qurilish uskunalari va anjomlarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, pullarni o‘zlarining ehtiyoji uchun sarflab jabrlanuvchilarga moddiy zarar yetkazgan holda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlar.

Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan D.S. va B.N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!