Buxoroda 30 yoshli ayol jinoyatga qo‘l urdi

Buxoroda 30 yoshli ayol jinoyatga qo‘l urdi

2020 yil 21 sentyabr kuni taxminan soat 17:00 larda, Buxoro shahridagi “To‘qimachi dehqon” bozori hududida joylashgan 94-sonli savdo do‘koniga noma’lum shaxs mijoz sifatida kirib, sotuvchi 1973 yilda tug‘ilgan N.G.ning boshqa mijozlar bilan ovora bo‘lib qolganligi va e’tiborsizligidan foydalanib, do‘kondagi peshtaxta ustida turgan unga tegishli bo‘lgan bir dona bahosi 75.000 (etmish besh ming) so‘mlik ayollar hamyonini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Gap shundaki, mazkur hamyon ichida jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 610.000 (olti yuz o‘n ming) so‘m naqd pullar ham bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 3-sonli Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor surishtiruv va tergov harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni 1990 yilda tug‘ilgan ayol N.A. sodir qilganligi aniqlanib, hozirgi kunda unga nisbatan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!