Buxoro shahrida subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilgan bosh mutaxassis ushlandi

Buxoro shahrida subsidiya asosida uy olib berishni va’da qilgan bosh mutaxassis ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi B.O. Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi sho‘’ba mudiri R.J. bilan o‘zaro til biriktirib, fuqaro Z.A.ga Buxoro shahridan subsidiya asosida uy olib berish evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!