Burak Ozchivitning “nusxalari” Istanbul ko‘chalarida sayr qilmoqda

Burak Ozchivitning “nusxalari” Istanbul ko‘chalarida sayr qilmoqda

"Qurilish. Osman" serialining uchinchi mavsumi boshlanishi bilan Istanbulda “bum” boshlandi, ko‘pchilik Burak Ozchivitga o‘xshashni istamoqda.

Minglab erkaklar mashhur aktyor uslubida soqol qo‘yishni boshladilar.

Nishantasida joylashgan elita salonlaridan birining xodimlari ushbu tendensiyani tasdiqlaydilar: "Mijozlar soqol o‘stirib, “Ozchivitnikiga o‘xshab” kesishlarini so‘rashadi. O‘tgan yili biz bunday tendensiyani kuzatmagandik. Bu yangi tendensiya", - deydi usta Onur Gumush.

Jurnalistlar, o‘z navbatida, ijtimoiy tarmoqlarda mini-so‘rov o‘tkazishga qaror qilishdi. So‘rov faqat erkaklar o‘rtasida o‘tkazildi va unda quyidagi savol bor edi: “Siz Burak Ozchivitga o‘xshamoqchimisiz?".

Respondentlarning aksariyati salbiy javob berdi va bu natijani psixolog izohladi: “Ko‘pchilik erkaklar ongsiz tarzda Burak kabi aktyorlarga taqlid qilishadi. Va agar ular buni ataylab qilsalar, buni tan olishlari dargumon. Bu psixologiya. Ko‘p odamlar yashirincha boshqa odamga hasad qilishlarini tan olishni xohlamaydilar. Va bunday taqlid yashirin hasadning belgisidir", deb yozadi psixolog Ali Bishioglu.

Eslatib o‘tamiz, Burak Ozchivit “Muhtasham yuz yil”, “Qurilish. Osman”, “Sevgi iztirobi” va boshqa loyihalardagi rollari bilan tanilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!